Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Putinning Hindistonga tashrifidan nimalar kutilyapti?

Putinning Hindistonga tashrifidan nimalar kutilyapti?

Hindiston Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 4–5 dekabr kunlari Nyu-Dehliga amalga oshiradigan davlat tashrifi chog‘ida yangi mudofaa bitimlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Hindiston Rossiyadan Su-57 qiruvchi samolyotlari va S-500 havo mudofaa tizimlarini xarid qilishi mumkin.

Putinning Hindistonga kutilayotgan tashrifi chog‘ida tomonlar Rossiyaning eng yangi qurol-yarog‘ tizimlarini sotib olish masalasini ham muhokama qiladi.

Manbaga ko‘ra, Vashington Dehli va Moskva o‘rtasida harbiy hamkorlik aloqalarini cheklashga urinmoqda. Biroq AQShning bosimiga qaramay muzokaralar olib borilmoqda.

Agentlikning qayd etishicha, bunday potensial kelishuv Nyu-Dehlining AQSh bilan savdo va xavfsizlik sohasidagi aloqalariga ma’lum ma’noda bosim o‘tkazishi mumkin.

Kiritildi: 20:32 01.12.2025. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!