Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federasiyasidan siyosiy boshpana olgan Suriya prezidenti Bashar al-Assad bilan uchrashish niyatida.
Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov brifingda ma’lum qildi.
“Prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida Asad bilan uchrashmoqchi ekanligini ta’kidladi. Lekin, rostini aytsam, qachon uchrashishini bilmayman. Ammo aytgandan keyin, ehtimol, shunday uchrashuv o‘tkazsa kerak”, — dedi Ushakov.
Putin yaqinda Moskvaga kelganidan beri Asad bilan hali uchrashmaganini, lekin “u bilan gaplashishni rejalashtirayotganini” aytdi.