Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Putindan eng mashhur 6 latifa (+video)

Putindan eng mashhur 6 latifa (+video)

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin latifalarni yaxshi ko‘rishi ko‘pchilikka ma’lum. U latifalarni matbuot konferensiyalarida berilgan savolga javob sifatida va hatto istalgan marosimda aytib berishi mumkin. Quyida davlat rahbarining 6ta eng mashhur latifalarini o‘qib, tomosha qilishingiz mumkin.

Sobiq ofiser o‘g‘lidan so‘radi: "O‘g‘lim, manavi yerda xanjarim turgan edi, ko‘rmadingmi?" O‘g‘li javob berdi: "Dada, jaxlingiz chiqmasin, men uni qo‘shni bolaning soatiga almashdim". Ofiser soatga qaradi va o‘g‘liga shunday dedi: 

- Yaxshi soat, barakalla. Lekin bilasanmi, ertaga biznikiga bosqinchilar kelishadi, meni o‘ldirishadi, onangni o‘ldirishadi, katta opangni zo‘rlashadi. Sen esa ko‘chaga chiqib, "Xayrli kech, Moskvada soat 12dan 30 daqiqa o‘tdi", deysan...

 

Putinning ayg‘oqchilar haqidagi hazili

Bir kishi Lubyankaga keldi va shunday dedi:

- Men josusman, bo‘shashni istayman.

- Siz kimning josusisiz?

- Amerikaga.

- Unda 5-xonaga boring.

O‘sha yerga bordi. 

- Men amerikalik josusman, bo‘shamoqchiman.

- Qurolingiz bormi?

 

- Bor.

- Unda 7-xonaga, marhamat.

- Men josusman, bo‘shamoqchiman, qurolim bor.

- 10-xonaga.

 

- Josusman, qurolim bor, ketmoqchiman.

- Aloqa vositalaringiz bormi?

- Bor.

- 20-xonaga.

 

 

- Josusman, qurolim, aloqa vositalarim bor, ishdan ketmoqchiman.

- A, sizda topshiriq bormi?

 

- Bor.

- Unda boring, bajaring, odamlarni ishlashiga xalal bermang.

Putin yangi prezidentlik muddati haqidagi savolga hazil bilan javob berdi.

Oligarx o‘z xotiniga: "Biz Mersedesni sotib Lada olamiz, Rublevkadagi uydan Moskvadagi kvartiraga ko‘chib o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Sen baribir meni yaxshi ko‘rasanmi?" U oligarxga javob berdi: "Judayam sevaman va qattiq sog‘inaman". 

Putinning eng sevimli hazili

Partiya yig‘ilishi, Sovet vaqti. Ishtirokchilardan biri Abram Semenovich qo‘lini ko‘tardi. Unga: "Sen o‘tir, bu yerda hamma biladi seni", deyishdi. U: "Xo‘p, bittagina so‘z aytsam bo‘ladimi?" Boshlovchi o‘ylab turib dedi: "Mayli, bittagina so‘z aytaqol". U o‘rnidan dast turib dedi: "Soqchilar!"

Putinning Isroil askari haqidagi hazili

Yosh askardan so‘rashdi: "Agar senga 20ta terrorchi hujum qilsa nima qilasan?" U dedi: "Men qurolimni olaman va otib tashlayman". "Barakalla, agar tank kelib qolsachi?" Javob berdi: "Granometni qo‘limga olaman va himoyalanaman". "Yaxshi, agar samolyot uchib kelsa, tank bostirib kelsa va terrorchilar ham hujumga o‘tsachi?" U shunday javob berdi: "O‘rtoq general, nima, armiyamizda yolg‘iz o‘zim jang qilamanmi?" 

Putinning buvisi haqidagi hazil (va Rossiyaning barcha aholisiga ozgina aloqador)

Yuridik maslahatxonadagi suhbat. Buvisi kelib advokatga dedi: "Men huquqqa egamanmi?" U: "Egasiz, buvijon". U shunday dedi: "Yo‘q, menda huquq bormi, deb so‘ramoqchiman ...". U: "Ha, sizda bor." U: "Xo‘p, men qilolamanmi yoki yo‘q...?". U: "Yo‘q, buvi, qila olmaysiz."

Kiritildi: 11:53 05.11.2019. O'qildi: 4352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!