Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Putin zilzila sababli Turkiya va Suriyaga yordam taklif qildi

Putin zilzila sababli Turkiya va Suriyaga yordam taklif qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Suriya yetakchisi Bashar Asadga kuchli zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi.

Rossiya Prezidenti Moskva Anqara va Damashqqa barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini aytib o‘tgan.

“Hurmatli Prezident, mamlakatingizda ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab qurbonlar va katta vayronagarchiliklar munosabati bilan chuqur hamdardligimizni qabul qiling”, deyiladi Putinning Turkiya Prezidentiga yo‘llangan ta’ziya telegrammasida.

Putin Erdo‘g‘anga qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini, shuningdek, jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.

Shuningdek, Putin Suriya rahbariga ham hamdardlik bildirgan.

“Biz yaqinlarini yo‘qotganlarning qayg‘u va dardini baham ko‘ramiz, barcha jabrlanganlar tezroq sog‘ayib ketishiga umid qilamiz va ushbu tabiiy ofat oqibatini bartaraf etishda zarur yordamni ko‘rsatishga tayyormiz”, deyiladi Putinning Bashar Asadga yo‘llagan ta’ziya telegrammasida.

Kiritildi: 16:49 06.02.2023. O'qildi: 1706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!