Putin yana Rossiya Ukraina bilan muzokaraga tayyorligini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijiy elchilarning ishonch yorliqlarini topshirish marosimida Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyor ekanligini va ularni olib borayotganini ta’kidladi.
«Rossiya nafaqat muzokaralarga tayyorligini, balki ma’lum bosqichda - ushbu mojaroning eng boshida - ushbu muzokaralarni olib borganini bir necha bor aytdim. Va hatto Ukraina tomonidan parafirlangan o‘zaro maqbul shartnoma ishlab chiqildi,» - dedi Putin.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina tomoni kelishuvni «tashqaridan maslahat bilan» rad etgan.