Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Putin va Tramp telefonda suhbatlashdi

Putin va Tramp telefonda suhbatlashdi


Suhbat bir soat davom etdi, konstruktiv va juda ochiq bo‘ldi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Muhokama qilingan masalalar orasida quyidagilar bor:

▪️Uitkoff va Kushnerning Moskva va Kiyevga safari natijalari Putin va Tramp tomonidan ijobiy baholandi;

▪️Tramp prezidentlik davrida Ukraina mojarosini hal qilishda katta yutuqlarga erishishdan manfaatdorligi aytdi;

▪️Tramp Ukrainadagi mojaroni tugatish zarurligini targ‘ib qildi, bu Rossiya va AQSh munosabatlarini keng ko‘lamda tiklashga yo‘l ochishini aytdi;

▪️Putin Trampning Rossiya va AQSh orasida konstruktiv sheriklik munosabatlari o‘rnatishga sodiqligini qo‘llab-quvvatladi;

▪️Putin AQSh prezidentiga maxsus operasiya hududida nimalar bo‘layotgani haqida xolis va batafsil ma’lumot berdi;

▪️Putin shuningdek, Rossiyaning Yevropaga qarshi hech qanday dushmanlik rejalari yo‘qligini ta’kidladi;

▪️Rahbarlar aloqada bo‘lishga va kerak bo‘lganda bir-biriga qo‘ng‘iroq qilishga kelishib oldilar.

Kiritildi: 20:12 08.09.2026. O'qildi: 1102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik