Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev va rus elitasining boshqa vakillari «tanishlari orqali» Donald Trampni AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi, deya xabar beradi Kreml va parlamentga yaqin manbalar «Verstka» nashriga.
Trampga Putin va Medvedevdan tashqari «Sberbank» boshqaruvi raisi German Gref, Federasiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko va Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin ham o‘z tabriklarini yo‘llagan. Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, Rossiya rasmiylari Tramp tufayli Moskvaning Ukraina bilan urushdagi pozisiyasi yaxshilanishiga umid qilmoqda.
«Umidlar, birinchi navbatda, »maxsus operasiya« davomida Ukrainaga yordamning qisqarishi bilan bog‘liq. Shunday qilib, Tramp, albatta, Xarrisga qaraganda ancha kelishuvchan va biz uchun yaxshiroq,» - dedi parlamentdagi manba.