2 davlat elchilarini qaytadan hududlariga yuboradi.
Strategik barqarorlik bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolangan. Tomonlar yadro urushiga qarshiligi bildirilgan.
AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbi yangi "sovuq urush" tarafdori emasligini aytdi.
Navalniy masalasida: Bayden jurnalistlar bilan uchrashuvda "Agar Navalniy qamoqda o‘lsa, Rossiya uchun "halokatli holat" yuzaga kelishini bildirgan.
Putin Baydenni "kirishimli, konstruktiv" deb ta’riflagan. Bayden esa jurnalistlarning "Putinga ishonasizmi?" degan savoliga “ha” degan ma’noda bosh irg‘ab javob bergan.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga kelishib olingan.
Bayden Putinga aviator quyosh ko‘zoynagi va kristal bizon haykalchasini sovg‘a sifatida olib kelgan, Putin nima sovg‘a olib kelgani ma’lum emas. U 2018 yil Tramp bilan uchrashuvda AQSh prezidentiga futbol to‘pi sovg‘a qilgandi.