Avval xabar berilganidek, bugun Rossiya Federasiya Prezidentining navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Vladimir Putinga Rossiya-AQSh munosabatlari, mintaqaviy ziddiyatlarga oid masalalardan tashqari, uning shaxsiy hayotiga daxldor savol ham yo‘llandi.
Davlat rahbarining qachon uylanishi haqidagi savolga javoban Putin barcha batartib kishilar kabi, qachondir uylanishini aytdi, ammo, bo‘lajak rafiqasining kimligini ma’lum qilmadi.
RF Prezidenti matbuot anjumanini Rossiya 24 telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2013 yilning 6 iyunida Vladimir Putin va uning sobiq turmush o‘rtog‘i Lyudmila Putina (Shkrebnyova)ning nikohi bekor bo‘lgani e’lon qilingan edi.