Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi

Putin Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi

Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

Ushakovning qayd etishicha, suhbat taxminan 50 daqiqa davom etgan va “har ikki tomon uchun foydali” bo‘lgan.

"Tramp Isroil va Eron atrofidagi vaziyatni “juda tashvishli” deb atadi. Bunga javoban Putin Rossiyaning ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi muzokaralarga vositachilik qilishga tayyorligini bildirdi. Bundan tashqari, ikkala prezident ham Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarga qaytish ehtimolini inkor etmadi", — dedi Rossiya prezidenti yordamchisi.

Ushakovning bildirshicha, suhbat davomida Putin 22 iyundan keyin Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini ham tasdiqlagan.

"Shuningdek, Vladimir Putin Donald Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Har ikki prezident shaxsiy munosabatlarining ijobiy holatda ekanidan mamnunligini bildirdi", — deya qo‘shimcha qildi Ushakov.

Ma’lumot uchun, bugun Qo‘shma Shtatlarning amaldagi prezidenti Donald Trampning tug‘ilgan kuni, siyosatchi bugun 79 yoshga to‘ladi.

Kiritildi: 22:11 14.06.2025. O'qildi: 1193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!