Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban yaqinda Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan gaplashganini va uning sulh yoki to‘liq tinchlikni xohlayotganini ma’lum qilgan.
Bu haqda u Germaniyaning Axel Springer media guruhi bosh direktori Matias Depfnerga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«U sulh yoki tinchlikni istaydi. Chunki urush – bu juda katta narx: minglab qurbonlar, o‘lim, oilalarning azobi. Slavyanlar – shafqatsiz jangchilar, ular bir-birini o‘ldiradi. Bularning qiymati juda katta. Ikkinchidan, agar ruslar maqsadlariga erishsa, urushni davom ettirishning ma’nosi qolmaydi»
Orbanning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina inqirozi yaqin kelajakda tugaydi, chunki Rossiya rahbari tinchlik o‘rnatilishidan manfaatdor. Bosh vazir NATO davlatlarini Moskvaning hujumidan qo‘rqmaslikka chaqirdi.