Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Putin tan oldi: “Dunyo bunga tayyor emasdi”

A A A
Putin tan oldi: “Dunyo bunga tayyor emasdi”

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, dunyodagi biron bir sog‘liqni saqlash tizimi koronavirus pandemiyasiga tayyor bo‘lmagan, ammo Rossiya Federasiyasi infeksiyaga qarshi kurashish uchun zudlik bilan hamma narsani qilgan.

"Hammasi nisbiy. Bizda dengiz, muammolar ummoni bor. Ammo dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar bilan taqqoslaganda bizning tizimimiz samaraliroq bo‘lib chiqdi”, dedi Putin matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya virusning Xitoyda paydo bo‘lishi haqidagi ma’lumotlarga darhol munosabat bildirgan va chegaralarga e’tibor qaratgan. Bu pandemiyaning oldini olish uchun faol tayyorgarlikni boshlash uchun vaqt bergan. Qisqa vaqt ichida Rossiya Federatsiyasida 40 ta markaz qurilgan.

"Bu muammoga tezda javob berish qobiliyati haqida gapiradi”, dedi prezident.

Kiritildi: 23:00 17.12.2020. O'qildi: 5244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik