Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Putin: “Tan olamiz, o‘sha hodisada aybimiz bor...”

A A A
Putin: “Tan olamiz, o‘sha hodisada aybimiz bor...”

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin agrobiznes vakillari bilan uchrashuv chog‘ida 90-yillarda Chechenistondagi vaziyat "Rossiyaning umumiy aybi" bo‘lganini ma’lum qildi.

Uchrashuv chog‘ida Rossiya rahbari Chechenistonning birinchi prezidenti Axmat Qodirov bilan bo‘lgan suhbatini esladi. Ular norasmiy qurolli guruhlar haqida gaplashishgan va Qodirov unga Chechenistonda, albatta,  biror to‘daga a’zo bo‘lish yoki o‘ziga tegishli guruh tuzish kerakligini aytgandi. Shuningdek, Checheniston rahbari, o‘zining ham "to‘da"si borligini, busiz yashash imkonsiz ekanligini ham ta’kidlagandi.

"90-yillardagi voqea esa nafaqat ularning, balki, bu bizning umumiy aybimiz — Rossiya uni shunday holatga keltirdi", deb qo‘shimcha qildi Putin.

Kiritildi: 21:30 24.12.2019. O'qildi: 5350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik