Rossiya yetakchisi Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni respublikada o‘tkazilgan Prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi.
“Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi prinsipial yo‘lingizni yuksak qadrlaymiz. Ishonchim komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlar ikki tomonlama aloqalarning barcha ko‘lami bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro masalalarda muvofiqlashtirishni ta’minlaydi”, deyiladi Prezident telegrammasida.