Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudni mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashishga taklif qildi.
“Bizda siyosiy hamkorlik, iqtisodiyot, gumanitar sohalarda barqaror, juda yaxshi munosabatlar mavjud. Albatta, barchamiz uchun mintaqada sodir bo‘layotgan voqealar haqida ma’lumot va baho almashish juda muhim”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Putin uchrashuvni o‘z vaqtida, deb atadi.