Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘istonning Aktau shahri yaqinida Ozarbayjon havo yo‘llari samolyotining qulashi oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Putin bu haqda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan MDHning norasmiy sammiti yig‘ilishi ochilishida ma’lum qilgan.
"MDHning barcha davlat rahbarlari nomidan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va jabrlanganlarning barchasiga hamdardlik bildirmoqchiman", — dedi Rossiya prezidenti.
Uning qayd etishicha, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev bilan kelishilgan holda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi samolyoti Aqtauga uchgan.
"Biz jabrlanganlarning tezroq tuzalib ketishiga umid qilamiz va ishonchim komilki, biz ushbu fojia bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha aviasiya xizmatlarimiz ishini muvofiqlashtiramiz".