Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qizil maydonga kelib, Ikkinchi jahon urushi qurollarini ko‘zdan kechirdi va "Svyashennaya voyna" ("Muqaddas urush") qo‘shig‘ini tingladi.
Qizil maydonda Putinning temir yo‘l platformasida turgan, eski sovet uslubidagi shinel kiygan xor ijrosidagi "Vstavay, strana ogromnaya" ("Tur, ulkan mamlakat") qo‘shig‘ini tinglayotgan videosi ijtimoiy tarmoqda keng tarqaldi.
Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, Putin "Ulug‘ Vatan urushi davrida Moskva mudofaasiga va 1941 yil 7 noyabrda Sovet qarshi hujumini boshlagan paradning 81 yilligiga bag‘ishlangan" ko‘rgazmaga tashrif buyurgan.