Vladimir Putin yaqinda yetarlicha uxlay olmayotganligini ma’lum qildi. Rossiya prezidenti bu haqda biznesmen Gennadiy Timchenkoga Qizil maydondagi “Tungi xokkey ligasi” tanaffusida ma’lum qildi.
"Kam uxlayman. Uzog‘i bilan to‘rt-besh soat", - deya Putinning so‘zlarini keltirdi TASS.
Shu javobi bilan Rossiya prezidenti Timchenkoning ko‘proq mashq qilish bo‘yicha maslahatiga munosabat bildirdi.
25 dekabr kuni Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan o‘yinda Rossiya yetakchisining jamoasi 8:5 hisobida g‘alaba qozondi, deb yozadi NCN. Vladimir Putinning o‘zi raqib darvozasiga bir nechta shaybani kirgizdi.
Avvalroq Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning uxlashga vaqti yo‘qligi, chunki hamma vaqt mamlakat manfaati uchun harakat qilayotganligini ma’lum qilgandi.