Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Putin Pashinyandan qasos oldi. Nega?

Putin Pashinyandan qasos oldi. Nega?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyandan "g‘arbparast" pozisiyaga sodiqligi uchun qasos oldi, deb xabar bermoqda "InoSMI" Turkiyaning Daily Sabah gazetasiga asoslanib. Moskva Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroda neytral pozisiyani tanlab, Yerevanga atayin saboq berdi.

Nikol Pashinyan o‘zining siyosiy yo‘nalishini hali deputat bo‘lganida namoyish etgandi. 2013 yilda u Armanistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) a’zo bo‘lishiga qarshi chiqdi. Keyin bo‘lajak bosh vazir tashkilotga qo‘shilishni mamlakat suverenitetiga tajovuz qilishga urinish deb hisobladi.

2016 yilda u Kavkazdagi birlashgan Rossiya-Armaniston mintaqaviy havo hujumidan mudofaa tizimi to‘g‘risidagi kelishuvni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya Armaniston xavfsizligi kafolati emas. Pashinyanning ritorikasi u bosh vazir bo‘lganida tubdan o‘zgardi va Moskva bilan o‘zaro aloqalarni inkor etish ma’nosiz bo‘lib qoldi. Biroq, avvalgi bayonotlar unutilmagan.

Maqola muallifining ta’kidlashicha, Tog‘li Qorabog‘da mojaro boshlanganda, ko‘pchilik Rossiya darhol Armaniston tarafini oladi, xuddi Turkiya Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlaganidek, deb o‘ylagandi. Biroq  Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston hududida hech qanday jang yo‘qligini aytib, urushga aralashishdan tobora uzoqlashdi. Natijada, Nikol Pashinyan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan tinchlik bitimini imzoladi, unga ko‘ra Yerevan muhim hududiy imtiyozlarni qo‘lga kiritdi.

“Putin Pashinyanga dars berdi. U Pashinyan Rossiyani tanqid qila olmasligini uqtirib qo‘ydi», – deyiladi maqolada.

Kiritildi: 15:36 25.11.2020. O'qildi: 6921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!