Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shvesiya bosh vaziri Stefan Levan bilan Arktika muloqot maydoni forumi doirasida muloqot o‘tkazgan. Muloqot davomida Putin gaplarini so‘zma-so‘z tarjima qilayotgan tilmochni bandit deya atagan.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirayotib, Putin shvesiyalik tadbirkorlarni do‘stlar deb atagan. Tarjimon esa bu so‘zni hamkorlar deb tarjima qilgan.
Men do‘stlar dedim, u hamkorlar deya tarjima qildi. Bandit ,- deya hazillashgan Putin.