Rossiya Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish uchun har tomonlama yordam ko‘rsatishda davom etishga tayyor, dedi Kreml.
"Tinchlik shartnomasini imzolash, chegaralarni delimitasiya qilish va demarkasiya qilish jarayonini ilgari surish, 2020-2022 yillardagi eng yuqori darajadagi ma’lum uch tomonlama kelishuvlar asosida mintaqadagi transport-logistika va iqtisodiy aloqalarni ochish asosiy vazifalar bo‘lib qolmoqda.
Armaniston-Ozarbayjon kelishuvi Rossiya Federasiyasi va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar mavzularidan biri bo‘ladi”, deyiladi Rossiya prezidenti matbuot xizmatining Vladimir Putinning Bokuga tashrifi arafasida tarqatilgan materiallarida.