Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin Lula da Silvaga xabar yubordi

Putin Lula da Silvaga xabar yubordi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvani mamlakat Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

"Hurmatli janob prezident, aziz do‘st, Braziliyaning milliy bayrami — Mustaqillik kuni munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qiling", — deyiladi tabrikda.

Putin Rossiya va Braziliya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanayotganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, ikki davlat turli yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilmoqda, shuningdek, BMT, BRIKS, G20 va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirib kelmoqda.

"Shubhasiz, biz o‘zaro manfaatli Rossiya — Braziliya aloqalarining barcha yo‘nalishlarini yanada mustahkamlash yo‘lida konstruktiv hamkorlikni davom ettiramiz", — dedi Putin.

Rossiya prezidenti bu ikki do‘st xalq manfaatlariga mos kelishini ham ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 12:02. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!