Soy Son Xi Rossiya rahbariga qabul uchun minnatdorchilik bildirgan.
Avvalroq, AQSh Davlat departamenti KXDRning 10 ming nafar harbiy xizmatchisi Kursk viloyatiga joylashtirilganini, ular yaqin kelajakda harbiy harakatlarga kirishishishi mumkinligini xabar qilgandi.
Shuningdek, Zelenskiy Kursk viloyatida KXDRdan kelgan 11 ming harbiy xizmatchi borligini malum qilgan.
Shimoliy Koreya vaziri 30 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvi chog‘ida Choe Son Xui Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri Kim Chen In unga Rossiya armiyasini «doimiy va kuchli» qo‘llab-quvvatlashni buyurganini aytdi. U Shimoliy Koreya «g‘alabaga erishilgunga qadar rossiyalik o‘rtoqlari bilan mustahkam turishini» tasdiqladi.