Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘alaba paradiga tayyorgarlikni keyinga qoldirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
"G‘alaba bayramigacha, G‘alaba kunigacha bir oydan kam vaqt qoldi. Hozir qiyin vaziyat, qiyin tanlov turibdi. 9 may biz uchun muqaddas, ammo inson hayoti ham juda muhimdir", dedi davlat rahbari.
Uning ta’kidlashicha, koronavirus bilan bog‘liq xavf-xatarlar, uning cho‘qqisi hali oldinda va bu Putinga hozirda paradga va boshqa ommaviy tadbirlarga tayyorgarlikni boshlash huquqini bermaydi.
Putinning ta’kidlashicha, Qizil maydonda parad va "O‘lmas polk" yurishi keyinroq o‘tkaziladi.