Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni "Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75 yilligi" yubiley medali bilan taqdirladi. Tegishli farmon feysbukda Rossiyaning respublikadagi elchixonasi tomonidan xabar qilindi.
Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya rahbari respublikada vafot etgan va ko‘milgan Sovet fuqarolarining xotirasini abadiylashtirishga qo‘shgan katta hissasi, shuningdek, dafn va yodgorliklarni saqlashga bo‘lgan g‘amxo‘rligi uchun mukofotlangan.
Rossiyaning KXDRdagi elchisi Aleksandr Masegora mukofotni 5 may kuni Mansude Kongress saroyida respublikaning tashqi ishlar vaziri Li Son Gvonga topshirdi.