Putin isyondan keyin "Vagner" rahbari Prigojin bilan uchrashdi . Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.
"Prigojin Kremlga chaqirildi va u yerda Rossiya prezidenti bilan uchrashdi. Buning uchun u 1 iyul kuni Moskvaga keldi va "Vagner" komandirlari u bilan uchrashuvlarda qatnashdilar", — deb yozmoqda nashr.
Shuningdek, nashrga ko‘ra, Prigojin Putindan tashqari Milliy gvardiya direktori va Tashqi razvedka xizmati rahbari bilan ham muzokaralar olib borgan.