Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Putin Germaniya kompaniyalarining Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi

Putin Germaniya kompaniyalarining Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ariston va “BSH Hausgerate” (Bosch, Siemens) korxonalariniyu Rossiyadagi biznesini vaqtincha Gazprom boshqaruviga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. RIA Novosti xabariga asosan.

Farmonga muvofiq "Ariston Termo Rus", (Ariston Holding N.V.ga tegishli) va "BSX Bitovie Pribori" (BSH Hausgerate GmbHga tegishli) korxonalarning ustav kapitalidagi 100% ulushi vaqtincha “Gazprom maishiy tizimlar” AJ ixtiyoriga o‘tkaziladi.

Rossiya prezidentining ushbu qarori Yevropaning yirik sug‘urta kompaniyalari "Shimoliy oqim"lardagi portlashlar oqibatida Gazpromga yetkazilgan zararni qoplashdan bosh tortishi fonida sodir bo‘ldi.

OAVga ma’lum bo‘lishicha, g‘arbning eng yirik hisoblangan Lloyd’s of London va Arch Insurance sug‘urta kompaniyalari Nord Stream AG ("Shimoliy oqim"lar operatori) kompaniyasiga quvur portlatilishi oqbatida yetkazilgan zararni to‘lashdan bosh tortmoqda. Ular aytishiga ko‘ra, "Shimoliy oqim go‘yo harbiy amaliyotlar natijasida zarar ko‘rgan".

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya BMT Xavfsizlik kengashida so‘zga chiqar ekan, "Shimoliy oqim"lardagi portlashlar borasida G‘arb davlatlari Rossiya tomonidan yuborilgan so‘rovlarning birortasiga ham javob bermaganini ta’kidladi.

Shunindek doimiy vakil Niderland, Shvesiya va Germaniya hukumatlari ushbu teraktni surishtirish uchun hech narsa qilmaganlarini ta’kidladi.

Sug‘urta kompaniyalari to‘lovdan voz kechishi sababi borasida, Nebenzya "Portlash sodir bo‘lgan Daniyaning Bornholm oroli yaqinida qanday qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lmoqda — bu davlatlarning o‘zlari bundan xabardormi?" deb savol qo‘ydi.

BMT Xavfsizlik kengashida so‘zga chiqqan Xitoy vakili Geng Shuang ham xalqaro hamjamiyatdan Shimoliy oqimlardagi teraktni Rossiya bilan birgalikda faol tergov qilishni da’vat etdi.

Kiritildi: 23:44 26.04.2024. O'qildi: 1008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!