Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin Eron ijroiya hokimiyati rahbari vazifasini bajaruvchi Muhammad Muxbar bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Rossiya prezidenti «Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va boshqa bir qator hukumat amaldorlarining vertolyot halokatida fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy, Muhammad Muxbar va butun Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi».
Putin Raisiyni Rossiya va Eron o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga bebaho shaxsiy hissa qo‘shgan ishonchli hamkor sifatida yaxshi bilishini va qadrlashini ta’kidlagan.