Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti Armaniston parlamenti tomonidan ratifikasiya qilinadi, dedi parlament spikeri Alen Simonyan.
“Har ehtimol bilan Rim statuti ratifikasiya qilinadi. Hujjat muhokama qilinmoqda. Qanday imtiyozlar borligini muhokama qilamiz va tushunamiz, ular juda ko‘p”, - dedi u.
2023-yil 17-mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. Rossiya prezidenti harbiy jinoyat - Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportasiya qilishda ayblangan.