Bugun 27 noyabr, 2022 yil, yakshanba

КИР

Putin Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporojyening Rossiyaga qo‘shilganligi haqidagi qonunni imzoladi

Putin Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporojyening Rossiyaga qo‘shilganligi haqidagi qonunni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk xalq respublikalari (DXR va LXR), shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarini Rossiya tarkibiga qo‘shish to‘g‘risidagi federal konstitusiyaviy qonunlarni imzoladi.

Bundan tashqari, Rossiya va mintaqalar o‘rtasida mamlakatga qabul qilish va yangi sub’ektlarni shakllantirish to‘g‘risidagi bitimlarni ratifikasiya qilish bo‘yicha federal qonunlar e’lon qilindi.

4 oktyabr kuni Federasiya Kengashi Rossiya tarkibiga yangi hududlarni kiritish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikasiya qildi, shuningdek, tegishli federal konstitusiyaviy qonunlarni qo‘llab-quvvatladi.

Shunday qilib, Rossiya hududlari soni 85 dan 89 gacha oshdi va Rossiyaning maydoni taxminan 113 ming kvadrat kilometrga ko‘payadi. To‘rtta yangi sub’ektning aholisi Rossiya fuqaroligini oladi: buning uchun yangi fuqarolar qasamyod qilishlari kerak, undan voyaga yetmaganlar va mehnatga layoqatsizlar ozod qilinadi.

Endi LXR, DXR, Xerson va Zaporojye viloyatlari 2026 yilgacha davom etadigan o‘tish davrini kutmoqda. Shu vaqt ichida u yerda prokurorlar, sudlar, notariuslar, advokatlar palatalari tashkil etilishi kerak. To‘rtta yangi mintaqa mavjud huquqni muhofaza qilish organlarini asta-sekin Rossiya bilan birlashtirmoqda.

Yangi hududlarda Rossiya qoidalari kuchga kirgunga qadar va o‘tish davri oxirigacha mahalliy hokimiyat organlari Rossiyaga qo‘shilishdan oldin mintaqalarda amalda bo‘lgan qonunlarga tayanishi mumkin.

Kiritildi: 11:53 05.10.2022. O'qildi: 1589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!