Ushbu kelishuv 19 iyun kuni Pxenyanda Vladimir Putin va Kim Chen In tomonidan imzolangan edi.
Uning bandlaridan biri Shimoliy Koreyaning Ukrainaga qarshi urushga Rossiya tomonida ishtirok etishiga imkon beradi. Ammo buning uchun Rossiyaning o‘zi hujumga uchrashi va “urush holatida” bo‘lishi kerak.
🇺🇦🇷🇺🇰🇵 Shimoliy Koreya amalda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga qo‘shilmoqda — Volodimir Zelenskiy
Avvalroq "KXDR Rossiya Federasiyasi tomonida urushga faol qo‘shilmoqda. Bosh razvedka boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya kuz-qish mavsumi uchun Shimoliy Koreya tomonidan qo‘llab-quvvatlovni hisobga olgan holda Ukrainaga qarshi maxsus rejalar tuzgan", — deya ma’lum qilgandi Ukraina prezidenti.