Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Braziliyada bo‘lib o‘tadigan «Yigirmalik» (G-20) sammitida delegasiyaga boshchilik qiladi, bu esa Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning uchrashuvni o‘tkazib yuborishini anglatadi.
Bu haqidayozgan Rossiya TIVning G20 mamlakatlari bo‘yicha maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Marat Berdiyev o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
«Ushbu tadbirda Rossiya delegasiyasiga Prezident Putin nomidan tashqi ishlar vaziri Lavrov boshchilik qiladi», dedi diplomat.
Berdiyev, shuningdek, 18-19 noyabr kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida dunyoning 20 ta yirik iqtisodiyoti vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tishini eslatdi.