Vladimir Putin “ProYEKTOriya” forumiga tashrif buyurib, ishtirokchilarga bolalikdan orzu qilgan narsalarini aytib berdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u uchuvchi yoki dengizchi bo‘lishni xohlagan ekan. Bu haqda “RIA Nvosti” xabar berdi.
"Men bularning barchasini diqqat bilan kuzatgandimdim, tadqiq qilgandim va o‘zimni ushbu sohalarda xayolan ko‘rgandim ham", deydi Putin.
“URA.RU” portalining ma’lum qilishicha, Rossiya Prezidenti ta’lim muassasalarida turli kasblarni sinab ko‘rgan. Bo‘lg‘usi rahbar, uning ota-onasi hamda murabbiyi o‘rtasida bu borada ko‘plab qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tgan. O‘shanda dzyudo bo‘yicha ustozi Putinga Oliy texnika o‘quv yurtiga o‘qishga kirishni maslahat bergan ekan.