Armaniston bosh diplomati avvalroq Putinning oktyabrdan dekabrgacha Yerevanda tashrif buyurishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Armaniston tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, Ararat Mirzoyan va Sergey Lavrov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Armanistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik masalasini muhokama qilishgan.
Shuningdek, vazirlar Mirzoyan va Lavrov Rossiya prezidentining Armanistonga davlat tashrifini tashkil etish va Yerevanda bo‘lib o‘tadigan KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishi haqida fikr almashishgan.
Ma’lumot uchun, aprel oyida Vladimir Putin Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning Yerevanga tashrif buyurish taklifini qabul qilgan edi.