Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Putin Angela Merkel va Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular nima haqda suhbatlashdi?

Putin Angela Merkel va Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular nima haqda suhbatlashdi?

Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi:

— Asosiy mavzu Ukrainadagi vaziyat bo‘ldi. Ichki Ukraina mojarosini hal qilish jarayonining siljishi bilan bog‘liq tashvish tug‘diradigan vaziyat atroflicha muhokama qilindi;

— Putinning aytishicha, Kiyev Minsk kelishuvlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini ham, avvalgi Normand sammitlarida, shu jumladan Parijda (2019 yil 9 dekabr) erishilgan kelishuvlarni bajarishdan qochmoqda;

— Uch mamlakat rahbarlari o‘z maslahatchilari va tashqi ishlar vazirliklariga "Normand to‘rtligi" formatidagi yangi muzokaralarga tayyorgarlikni tezlashtirishni topshirdi;

— Suhbat chog‘ida boshqa xalqaro muammolar, jumladan, Afrika qit’asidagi terrorizmga qarshi kurash masalalari ko‘tarildi.

Kiritildi: 19:34 12.10.2021. O'qildi: 2110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!