Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin Aliyev bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Putin Aliyev bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida 20-sentyabr kuni Qorabog‘da Rossiya tinchlikparvar qo‘shinlarining halok bo‘lgani munosabati bilan uzr so‘radi va chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Ozarbayjon tomonining tashabbusi bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida “Aliyev 20-sentyabr kuni Qorabog‘da Rossiya tinchlikparvar kontingenti harbiy xizmatchilarining fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan uzr so‘radi va chuqur hamdardlik bildirdi”, — deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan “ikki mamlakat bosh prokuraturasi yaqin aloqada”.

“Ozarbayjon prezidenti halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi”, — deyiladi Rossiya davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Kiritildi: 16:59 21.09.2023. O'qildi: 1868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!