Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

“Pulini tez orada berib yuboraman”: Farg‘onada firibgarlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Pulini tez orada berib yuboraman”: Farg‘onada firibgarlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona. 2019 yilning sentyabr oyida Farg‘ona tumanida 38 yoshli R.B. va uning otasi 63 yoshli K.B., lar 32 yoshli X.X., ning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan 3 ta «Damas» rusumli avtomashinani 16.100 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, avtomashinalarni olganidan so‘ng, kelishilgan pullarni bermasdan, avtoulovlarni firibgarlik yo‘li qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, yuqorida ko‘rsatilgan holat qurboniga aylanmasligingiz uchun, Sizga tegishli mulklarni oldi-sotdi harakatlarini davlat organlari orqali amalga oshirishingizni so‘raymiz.

Firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik o‘zingizni qo‘lingizda!

Kiritildi: 18:36 13.07.2020. O'qildi: 2598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!