Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Pul almashadimi? Markaziy bank vakili javob berdi

Pul almashadimi? Markaziy bank vakili javob berdi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot vaqtida Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov milliy valyutaning qadrsizlanishi va denominasiya qilinishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qilib o‘tdi.

— Ochig‘ini aytsam, bu savol o‘zimiz uchun ham qiziq. Pulning qadrsizlanish darajasi, nollarning soni ko‘payib borayotgani bunday savollarni keltirib chiqarishi aniq. Biz birinchi navbatda transportirovka, hisob-kitob harajatlarini kamaytirish va qulayliklar yaratish maqsadida 50 000 va 100 000 so‘mlik pul chiqardik. Har safar yangi qiymatda pul chiqqanda shunday savol paydo bo‘ladi.

Denominasiyani amalga oshirishdan maqsad nollarning sonini kamaytirish. Ya’ni, 10 ming so‘m o‘rniga 10 so‘m yoki 100 so‘m muomalaga chiqariladi. Bunday reja Markaziy Bankda bormi yoki yo‘q, deb so‘rasangiz, aniq qilib, yo‘q, deb ayta olmayman. Biz bu haqda o‘ylaganmiz.

Qachondir denominasiya bo‘ladi. Ammo aniq vaqtini ayta olmayman. Balki besh yildan so‘ng bo‘lar, balki 10 yildan so‘ng. Biz buni texnik o‘zgarish, deb qabul qilishimiz kerak, — deydi Ilhom Norqulov.

Kiritildi: 10:50 13.06.2019. O'qildi: 7382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!