Puerto-Rikoda dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi avariya natijasida mamlakatdagi barcha elektr stansiyalarining ishdan chiqishi sababli umumiy elektr ta’minotida uzilish yuz berdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
El Nuevo Día gazetasining yozishicha, avariya orol janubidagi Guayanilla munisipalitetida joylashgan elektr stansiyasida sodir bo‘lgan. Mamlakatning asosiy elektr stansiyasi Luma Energy yer osti kabellari shikastlanishi mumkinligi haqida xabar bermoqda, biroq mamlakatdagi barcha elektr stansiyalarini nokautga olib kelgan avariyaning aniq sabablari hozircha noma’lum.
Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi Genera PR kompaniyasining rasmiy vakili Ivan Beysning aytishicha, 31 dekabr kuni soat 8.30 dan elektr ta’minoti mamlakatning ayrim hududlarida tiklana boshlagan, biroq Luma Energy qayta tiklash jarayoni uzoq davom etishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Seshanba kuni soat 9.25 da orol mamlakatidagi 1,3 milliondan ortiq elektr iste’molchisi elektrsiz qolgan. Puerto-Riko aholisi 3,2 million kishidan sal ko‘proq.