"Pari Sen-Jermen" "Barselona" vingeri Rafinyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar berdi El Nacional nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, parijliklar allaqachon 27 yoshli braziliyalik bilan bog‘lanib, o‘z takliflarini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, aynan parijliklar "Barselona"dan Neymarni 222 million yevroga sotib olib, futbol tarixidagi eng yirik transferni amalga oshirgan edi. Shuningdek, 2023 yilning yozida ular Usmon Dembeleni ham o‘z safiga qo‘shib olgan.