AS nashri klub rahbariyati Mbappening qolishini ikki omilga bog‘lamoqda. Birinchidan, 24 yoshli forvard «PSJ»da faoliyatini davom ettirsa, Fransiya chempionatlari tarixida eng zo‘r to‘purar nomini olib, tarixga kirish imkoniga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, Mbappe yozda bo‘ladigan «Parij Olimpiadasi-2024» musobaqasida g‘olib chiqishi mumkin. «PSJ» rahbariyati Kilian Fransiya olimpiya terma jamoasi safida 23 yoshdan katta bo‘lgan 3 o‘yinchidan biri sifatida to‘p tepishiga qarshilik qilmaydi. Kilian Mbappe hozirga qadar Liga 1 o‘yinlarida 179ta gol urgan. Bu borada rekord «Monako»da o‘ynagan Delio Onnisga tegishli. U milliy chempionatda o‘z hisobiga 299ta gol yozdirib qo‘ygan.