Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Prezidentning yangi Farmoniga ko‘ra, qiyin ahvolda qolgan bolalarga davlat tomonidan alohida yordam ko‘rsatiladi

Prezidentning yangi Farmoniga ko‘ra, qiyin ahvolda qolgan bolalarga davlat tomonidan alohida yordam ko‘rsatiladi

Prezidentning yangi Farmoniga ko‘ra, qiyin ahvolda qolgan bolalarga davlat tomonidan alohida yordam ko‘rsatiladi.

Ushbu muhim hujjat O‘zbekistondagi har bir bolaning uyda, maktabda va ko‘chada o‘zini xavfsiz his qilishiga qaratilgan. Farmon bilan tasdiqlangan dastur profilaktikadan tortib to‘liq reabilitasiyagacha bo‘lgan hamma bosqichlarni qamrab oladi.

Asosiy o‘zgarishlar:

2026 yil mart oyidan boshlab ota-onalar farzandlari bilan munosabatlarini tiklashi, ularning ehtiyojlarini tushunishni o‘rganishi uchun "Mehrli oila" dasturi doirasida "oilaviy terapiya" xizmatlaridan bepul foydalanishlari mumkin.

Xavf ostida bo‘lgan bolalar ta’lim muassasalariga imtihon va test sinovlarisiz kirishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun 5 foizlik maxsus kvota ajratiladi.

Yagona elektron platforma ishga tushiriladi. Unda himoyaga muhtoj bolalar va zo‘ravonlikka moil shaxslar haqida ma’lumotlar to‘planadi. Bu tegishli idoralarning har bir holatga darhol javob qaytarishiga yordam beradi.

Ushbu choralar aybdorlarni shunchaki jazolash emas, balki har bir bola qonun, oila va texnologiyalar bilan himoyalangan muhitni yaratishga xizmat qiladi.

Kiritildi: Bugun 19:38. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!