Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Prezidentning Hindistonga tashrifi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

A A A
Prezidentning Hindistonga tashrifi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan Jo‘shqin Gujarat 2019 IX xalqaro investisiya sammitida ishtirok etish uchun 2019 yil 17-18 yanvar kunlari ushbu mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari sammit yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi, shuningdek, O‘zbekiston Hindiston hamkorligi, xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalarini muhokama qilish uchun Bosh vazir Narendra Modi bilan muzokara o‘tkazadi.

Bosh vazir Narendra Modi tashabbusi bilan 2003 yildan buyon Gandinagar shahrida o‘tkazib kelinayotgan Jo‘shqin Gujarat sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forum hisoblanadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, xalqaro tashkilot va transmilliy korporasiyalar rahbarlari, yetakchi tahlilchilar, ekspertlar ishtirok etadi.

An’anaga ko‘ra, global iqtisodiyotni rivojlantirish, savdo sohasidagi sheriklikni kengaytirish, investisiyalar jalb qilish, ilg‘or texnologiyalar va bilimlar almashishga doir dolzarb masalalar forum ishtirokchilari diqqat markazida bo‘ladi.

Kiritildi: 18:05 15.01.2019. O'qildi: 1915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik