Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Prezidentlar uchrashuvi: Ukraina va Polsha munosabatlarini rivojlantirish muhokamasi

Prezidentlar uchrashuvi: Ukraina va Polsha munosabatlarini rivojlantirish muhokamasi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Polsha prezidenti Andjey Duda bilan uchrashuv o‘tkazdi. Duda o‘z prezidentlik muddati yakunlanishidan oldin Ukrainaga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari o‘zaro munosabatlarning rivoji, mintaqadagi va jahon miqyosidagi xavfsizlik holati, diplomatiya va Yevropa Ittifoqi hamda NATO bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Shu kunlarda Ukraina va Polsha o‘rtasida harbiy hamkorlik bo‘yicha muhim kelishuvlar amalga oshirilmoqda.

Polsha prezidenti Polsha kompaniyalarining Ukrainada tiklanish ishlarida ishtirok etishi va savdo hajmini oshirishga qiziqishini ta’kidladi.

Andjey Duda Vladimir Zelenskiydan “Svoboda” ordeni bilan taqdirlanish uning uchun katta sharaf va shaxsiy ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi.

🇵🇱 Duda: «Polsha prezidenti sifatida Ukraina bilan birga turish Polshaning xavfsizligi uchun juda uhim» degan fikrda.

U ikki xalq o‘rtasidagi aloqalar yangi munosabatlarning asosi bo‘lishini umid qilmoqda va tarixiy muammolarni ham yaxshi hamkorlik orqali hal qilish mumkinligiga ishonmoqda.

Polsha prezidenti Ukraina tomonidan Polsha fuqarolarining eksgumasiya ishlariga ko‘rsatilgan tushunish va yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Kiritildi: 12:12 29.06.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!