O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga ushbu mamlakat mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan tabriknomalar yo‘lladi.
Ularda, jumladan, O‘zbekiston Pokiston bilan strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasini g‘oyat qadrlashi va bu boradagi ulkan salohiyatni yanada ro‘yobga chiqarishdan manfaatdorligi qayd etilgan.
Davlatimiz rahbari do‘st Pokiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va farovonlik tiladi.