Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Prezident Xalq qabulxonasi – ishonch manzili (foto)

Prezident Xalq qabulxonasi – ishonch manzili (foto)

Ishonch. Inson uchun baxt omillaridan biri bu. Umid  va saodat, hayot maydonida maqsadlar sari kechadigan kurash uchun ham ishonch kerak. Prezident Xalq qabulxonalari bugun xalqimizning ishonch manziliga aylana oldi. Namangan eli o‘zining yangi g‘oyalarini hayotda aks ettirishda, muammolarini orzular ro‘yobi bilan almashishda aynan shu manzilga ishonch bildirmoqda. Bunga esa yetarlicha asos bor. Aniq raqamlar fikrimizning isbotidir.

Joriy yilning birinchi choragi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasiga aholi tomonidan jami 2 ming  91 ta murojaat kelib tushgan. Ularning  aksar qismi, ya’ni 90 foizi tezkorlik bilan hal etilgan.

Jumladan, Kosonsoy tumani “Jar” mahallasi aholisini maktab masalasi yillar davomida qiynadi. Qishning chillasiyu yog‘ingarchilik kunlarda uzoq masofa bosib qo‘shni qishloqqa ilojsiz qatnab ta’lim olayotgan yoshlar uchun bu masalaga nuqta qo‘yildi. Nabixon ota Salomovning mahalla nomidan Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati qisqa fursatlarda ko‘rib chiqilib, ijrosiga kirishildi. 8,2 milliard so‘m mablag‘ evaziga qurilayotgan 420 o‘rinli maktab sentyabr oyida ish boshlaydi.

Erta uchun qayg‘urish bugun to‘g‘ri tadbir ko‘rmoqdan boshlanadi.  Kelajak egalari yoshlarni ishli, mulkli qilish – eng dolzarb masala va istiqbolning mevasi aslida. Yaxshi tajribaga aylangan viloyatdagi yoshlarga issiqxona qurib berish  loyihasi  minglab taqdirlarning burilish nuqtasi bo‘ldi. Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushgan ko‘plab murojaatlar asosida Kosonsoy tumanidagi 28 gektar yer maydoni 220 nafar kam ta’minlangan, ko‘makka muxtoj yoshlarga 8 sotokdan bo‘lib berildi. Qurilayotgan issiqxonalar endi yoshlarning daromad manbai bo‘ladi. Xorij mamlakatlarida ishlab, ming bir qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazgan Bahodir Toshpo‘latov ham bugun o‘z elida o‘z yeriga ega bo‘ldi.

Ko‘ptarmoqli fermer xo‘jaligini yo‘lga qo‘yishga kirishgan “Ibodulla GOLD invest” FX rahbari dastlab yer maydoni yetishmovchiligi sabab  muammolarga duch keldi. U bu masalala bilan  Xalq qabulxonasiga bordi va shu yerda yechim topishiga erishdi. Kosonsoy tumanining chekka hududidan yer maydoni ajratildi. Hozirda 120 ta qoramol, 225 bosh qo‘y, 25 ta  tuyaqush va 30 quti asalari boqayotgan xo‘jalik rahbari bu ishlar hajmini yanada kengaytirish niyatida. Namangan viloyat Xalq qabluxonasi xo‘jalikka zarur bo‘lgan yer maydonini yanada kengaytirish borasidagi masalani ham tez kunlarda hal qilishini bildirdi.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Xalq qabluxonasi aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashda qator tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, “Terriy Jar Tekstil” korxonasida ishlayotgan 700 nafar ishchining 60  nafari aynan Xalq qabulxonasi mutassaddilari tavsiyasi bilan ishga qabul qilingan.

Kosonsoy tumani “Bahoriston” mahallasi fuqarolarining yangi bolalar bog‘chasiga zarurati yuzasidan qilgan murojati ham tez orada o‘z yechimini topdi. Qishloqda mazkur 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim maskani endi  bolajonlar un ximat qiladi. Karantin tugashi bilanoq bu maskan kichkintoylarni o‘z bag‘riga oladi. 

O‘z yechimini topgan har bir masala insonni baxtu kamoliga yetaklaydi, o‘zining, oilasining ertasiga, kelajagiga bo‘lgan ishonchini yana orttiradi. Shunday ekan, Prezident Xalq qabulxonalari bu ezgu yo‘ldagi say-harakatini, mehnatini davom ettiraveradi.

Kiritildi: 11:10 01.05.2020. O'qildi: 6489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!