Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Prezident to‘qimachilik tarmog‘idagi korxonalar rahbarlarining muammo va takliflarini eshitdi

Prezident to‘qimachilik tarmog‘idagi korxonalar rahbarlarining muammo va takliflarini eshitdi

Davlatimiz rahbari to‘qimachilik tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.

Muloqotda tadbirkorlar:

– korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish;

– qo‘shilgan qiymat solig‘ini bir kunda qaytarish amaliyotini kengaytirish;

– bo‘yalgan mato eksportini kengaytirish;

– eksportoldi kreditlar olishni soddalashtirish;

– to‘qimachilik korxonalarining ob’ektlarini qurishda yengillik berish;

– korxonalarning arzon moliyaviy resurslarga ehtiyojini qondirish;

– mamlakatimizda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini ommalashtirish masalalarini ko‘tardi.

Davlatimiz rahbari bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganib, tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Kiritildi: 14:39 17.04.2024. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!