Prezident kuni kecha vafot etgan Toshkent shahrining sobiq imom-xatibi - marhum Anvar qori Tursunov xonadonida bo‘lishi aytilmoqda.
Shuningdek Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi Hazrati Imom masjidi va yangi barpo etilayotgan Islom sivilizasiyasi markazi binolarini ko‘zdan kechirishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, davlat rahbarining Toshkent shahridagi shifoxonalardan biriga ham borishi mumkinligini aytmoqda Kun.uz manbasi.
Manba: kun.uz