Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

A A A
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (233-son, 05.05.2022 y.) bilan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🔰Nizomga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihonlar asosida amalga oshiriladi.

➡️ O‘quvchilar faqat o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

📁Tanlovda qatnanish uchun qabul komissiyasiga platforma orqali hujjatlar (tug‘ilganlik guvohnomasi, tabel nusxasi, 3x4 rasm, olimpiada g‘olibligini tasdiqlovchi hujjat (bor bo‘lsa) yuboriladi.

✅ Kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test shaklida o‘tkaziladi:

▫️aniq fanlar yo‘nalishida: matematika, fizika, ingliz tili;
▫️tabiiy fanlar yo‘nalishida: biologiya, kimyo, matematika, ingliz tili.

☑️ Maktablarda ta’lim aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11 sinflar, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-11 sinflarda amalga oshiriladi.

🔘Har bir sinfda o‘quvchilar 24 nafardan ko‘p bo‘lmaydi.

Kiritildi: 15:52 05.05.2022. O'qildi: 6255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!