Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Prezident saylovi bo‘yicha dastlabki natijalar qachon e’lon qilinadi — MSK javobi

A A A
Prezident saylovi bo‘yicha dastlabki natijalar qachon e’lon qilinadi — MSK javobi

Prezident saylovi bo‘yicha dastlabki natijalar 10 iyul kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Saylov qonunchiligiga ko‘ra, prezident saylovining umumiy natijalarini aniqlash va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish saylovdan keyin 10 kundan kechiktirmay ( 19 iyul) ma’lum qilinadi.

Saylov kodeksining 97-moddasiga ko‘ra, prezident saylovi yakunlariga ko‘ra MSKning qarori saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay qabul qilinadi, MSKning rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi).

Bugun MSKning Xalqaro matbuot markazida MSK raisi va uning o‘rinbosari, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud vakillari ishtirokida brifinglar bo‘lib o‘tdi.

MSK raisi o‘rinbosari prezident saylovida ovoz beruvchilar ishtirokining 11:00, 15:00 va 17:00 holati to‘g‘risidagi axborotlarni ma’lum qildi.

Kiritildi: 00:03 10.07.2023. O'qildi: 2322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!